Legal

Foydalanish shartlari

Ushbu shartlar Limpid saytidan foydalanish, ariza yuborish va agentlik bilan dastlabki muloqot qilish qoidalarini belgilaydi.

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 19-iyul

Saytdan foydalanish

Saytdagi ma'lumotlar Limpid xizmatlari, yondashuvi va aloqa kanallari haqida umumiy tushuncha berish uchun joylashtirilgan.

Ariza yuborish

Forma orqali yuborilgan ma'lumotlar dastlabki maslahat va loyiha ehtiyojlarini aniqlash uchun körib chiqiladi. Ariza yuborish shartnoma tuzilganini anglatmaydi.

Xizmatlar böyicha kelishuv

Marketing, reklama, brending, SMM va veb sayt yaratish xizmatlari hajmi, muddatlari va narxi alohida tijorat taklifi yoki shartnoma asosida belgilanadi.

Natijalar böyicha eslatma

Limpid reklama va marketing ishlarini tahlilga asoslangan holda olib boradi, biroq yakuniy natijalar bozor, taklif, budjet, savdo jarayoni va boshqa omillarga bog'liq.

Kontent va materiallar

Saytdagi matn, dizayn, grafik elementlar va boshqa materiallardan ruxsatsiz tijoriy foydalanish mumkin emas.